English version      Bosh sohifa    Savol va javob   
 Boshqarma tuzilmasiTuman xalq ta'limi bo'limi
  
 
Mundarija
  
  Bosh sahifa  
  
  Rahbariyat  
  
  Me'yoriy hujjatlar 
  
  Asosiy ko'rsatkichlar  
  
  Maktabgacha ta'lim muassasalari 
  
  Umumta'lim maktablari 
  
  Bolalar musiqa va san'at maktablari  
  
  Bolalar va o'smirlar sport maktablari  
  
  Maktabdan tashqari ta'lim muassasalari  
  
  Bilimlar sinovi 2013-2014  
  
  Elektron kutubxona 
  
  Masofaviy ta'lim 
  
  Dars ishlanmalar  
  
  Metodika-mahorat maktabi  
  
  Istedod va iqtidor ko`zgusi  
  
  Bolaga do`stona munosabatdagi maktab  
  
  Umid nihollari - 2012  
  
  Qayta aloqa  
  
  Ota-onalarga  
 
  Yangiliklar 
 
Mehribon muallima, tashabbuskor rahbar

Hukumatimiz tomonidan ta`lim jarayonini yuksak darajada tashkil qilinishiga qulay shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Jumladan, yurtimizdagi barcha umumta’lim muassasalari binolari yangilanib, moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi.

Qiziltepa tumanidagi 14-maktab ham 2009-yilda umummilliy Davlat dasturi asosida joriy ta’mirlandi. Bugungi kunda maktabda barcha fan kabinetlari, kutubxona, sport zali, sinf va ma’naviyat xonalari zamon talablari asosida jihozlangan. Ta’lim maskanida 62 nafar pedagog 401 nafar o‘quvchiga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 16 ta fan, 5 ta qiziqish bo‘yicha to‘garaklar va 6 ta sport seksiyalari tashkil etilgan.

Batafsil..


Izlanishdan aslo charchamaydi

Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdek sharafli ishga bel bog'lagan muallima Mohira Tursunova mana 30 yildirki, bilim olishga intilgan bolalardan o‘z mehrini va o‘gitlarini ayamaydi. 1984-yildan hozirga qadar Nurota tumanidagi 5-umumta’lim maktabida matematika o‘qituvchisi va uslubiy birlashma rahbari sifatida faoliyat yuritayotgan ziyokor ijodkorlik sohasida ham qalam tebratib turadi. She’rlari respublika, viloyat, tuman gazetalarida chop etilgan. Tashabbuskor va oqila ayol har yili xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkaziladigan shaxmat musobaqalarida peshqadamlikni qo‘ldan boy bermay, o‘zi yashayotgan mahallada "Ibratli qaynona" kengashiga raislikni ham olib bormoqda. "Yilning eng yaxshi matematika fani o‘qituvchisi– 2006", shuningdek, ilg'or pedagogik texnologiyalar bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlarning viloyat bosqichida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ustoz izlanishdan aslo charchamaydi. Muallimaning "Xorazmiy" va "Al-jabr so‘qmoqlarida" nomli ilmiy risolasi mutaxassislar e`tiborini tortdi va uning ish tajribasi viloyat miqyosida ommalashtirildi.


Batafsil..


Bayramingiz muborak!

Ustoz ilmga tashna qalblarga ma`rifat yog‘dusini sochadigan buyuk zot sanaladi. Bu yorug‘ olamda onadek mehribon, otadek g‘amxo‘r, har birimiz uchun doimo aziz va qadrli bo‘lgan ulug‘ inson muallim va murabbiylardir. Ularning sha`niga qanchalar maqtov so‘zlarini aytmaylik, baribir kamdek tuyulaveradi.

Maktabimizda uzoq yillardan buyon rus tili va adabiyoti fanidan o‘quvchi­lar­ga saboq berib kelayotgan Aliya Mol­da­muratova ham ana shunday fidoyi, jonkuyar ustozlarimizdan. Biz o‘quv­chilar u kishining har bir darsini katta qiziqish bilan tinglaymiz. Ustozimiz mavzularni doimo ko‘rgazmali qurollar orqali juda qiziqarli, xotirada muhrla­nadigan tarzda tushuntiradi. Eng qizig‘i, ushbu ko‘rgazmali vositalarning aksari­yatini o‘zlari yasab, har darsga xuddi o‘quvchilardek tayyorgarlik ko‘rib keladilar. Biz katta qiziqish bilan fan sirlarini o‘rganmoqdamiz.


Batafsil..


Xalqona oyinlar festivali

"Milliy qadriyatlarimiz– beqiyos boyligimiz" shiori ostida Navoiy shahar madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tgan ushbu festival` ona diyorimizdagi har bir hududning o‘ziga xos bo‘lgan milliy sport turlari hamda xalq o‘yinlarini tiklash va rivojlantirishga qaratilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Karnay-surnay va nog‘ora sadolari-la bir-biridan qiziqarli va jozibali o‘yinlar, diltortar qo‘shiqlar qalblarga orom bag‘ishlar... Bir tomonda yosh polvonlar bellashar, yana bir tomonda dorbozlar tomosha ko‘rsatar, bu yonda qozoq qizlari o‘lan aytsa, karmanaliklar yor-yori to‘yga chorlar, quvnoq qizaloqlar qiyqirishib arqon tortar... Xullas, haqiqiy do‘stlik, san`at, sport bayramiga aylanib ketgan festival` o‘ziga xos go‘zallik va nafosat olami edi go‘yo...


Batafsil..


Boshimdagi humolarim

Yo‘llarimni yulduz emas, ko‘kda balqqan oftob bo‘lib yoritgan, umrimning bahorida g‘uncha qilgan umid gullarimni so‘lmas, kitobdan suv ichib, ijoddan o‘sadigan qilib, porloq kelajagim uchun bog‘ yaratishda bog‘bon bo‘lganingiz uchun bugun sizlarga qulluq qilsam arzir!!!


Batafsil..


Ustoz qadri

Ota-onasining g‘amxo‘rligida bekam-u ko‘st ulg‘ayayotgan Sohib ismli bolakay, yetti yoshga to‘lib, maktab ostonasiga qadam qo‘ydi. Maktabda uni onasidek mehribon, shirinso‘z muallima Nazira opa nim tabassum bilan kutib oldi. Bu ayol juda xushmuomala, ochiqko‘ngil va bolajon inson edi. U bolalarni yaxshi ko‘rar, xush kalomini ulardan ayamay, bor mehrini berib, dars o‘tardi. Ko‘cha changitib, to‘polon qilishdan zerik­maydigan, fikr-u xayoli o‘yinda bo‘lgan So­hib­ga maktab degan ulug‘ dargoh unchalik yoqmadi. U gohida darslarga kechikib kelar, gohida uyga berilgan vazifalarni o‘lda-jo‘lda bajarardi… Mual­limning so‘zlariga quloq tutmas, o‘qishda, yozishda tengdoshlaridan ortda qolib ketar, unga ustozining jon kuydirib aytgan o‘gitlari kor qilmas edi.


Batafsil..


Ustozlar
Tutqazgan qo‘lga qalam,
Bizni o‘ylagan har dam.
“Doim rostgo‘y bo‘l” derlar,
Shunday buyuk ustozlar.

Batafsil..


Ehtiromim sizga, ustoz!

Ustoz – ulug‘ zot. Otaday qadrli, onaday mo‘tabar shaxs. Ular mehrini quyoshga, qadrini ulug‘­vor tog‘ga qiyoslashadi, meh­natini dunyo­dagi jamiki siym-u zardan ustunroq bahol­ashadi. Albatta, zahmatkash ma’rifat­parvar­larimiz uchun bu ulug‘vor ta’rif, ta’kid. Negaki, ular haqiqatda buyuk daholar qatoridagi, qadri yuksak insonlar safidagi kasb egalaridir.


Batafsil..


Ilm-ma'rifat nurini taratuvchi
Bahori kuzidan ko'p,
Savobi izidan ko'p,
G‘unchasi o'zidan ko'p,
Muallim desam, bog'-u
Bo'ston kelar yodimga.

Batafsil..


Ehtiromga loyiq zot

Jamiki yaxshi narsa borki, "baxt" so‘zida mujassam. Ozodlik, erkinlik, quvonch, omad… Inson ko‘ng­lidagi orzu-umidiga yetishish, nainki yetishish, o‘z ezgu ni­ya­tiga ye­tish­moq ilin­jida emin-erkin harakat qila bilmog‘i ham baxt.

Har gal taniqli yozuvchining "Baxt pushaymonsiz huzur qilishdir" degan so‘zlarini o‘qiganimda ta­sav­vurimda bir siymo gavdalanaveradi. U shunday zotki, kezi kelganda o‘zgalar hayotini o‘z hayotidan ham ustun qo‘ya oladi. U shunday ayolki, go‘zallik bobida hatto eng sara gullarni ham ortda qoldira oladi. U shunday onaki, farzandlariga nafaqat ko‘z nuri, qalb qo‘rini, balki butun hayotini ham bax­shida eta oladi.

Batafsil..


Mudom ulugdir "Ustoz" degan nom

Ustoz! Uning siymosi shunchalar mu­kammal, atvori shunchalar mufassalki, dunyoning bor zakovati-yu mehr-ma­ho­rati shu jussaga jo aylangandek. Ustoz! U shunchalar buyukki, ta`rifini so‘zlab, ado qilmoq dushvor.

Darhaqiqat, mehnatdan zavq olib, uni o‘zgalarga ham ulasha oladigan insonlar doimo qadrga, e`zoz-u ehtiromga loyiq­dir. Shogirdlar kamo­li­ni asl baxt deb bil­gan Marhabo Rahmo­no­va ana shunday in­son­lardan biri.

Batafsil..


Kamolotga yetaklaysiz

"Vaqting ketdi – baxting ketdi" deydi dono xalqimiz. Darhaqiqat, inson vaqtdan unumli foydalana olsa, ko‘zlagan maqsadiga oson yetadi. Men bu naqlga qat`iy amal qilaman. Shu bois darsdan keyingi bo‘sh vaqtim gimnastika turlariga ixtisoslashtirilgan viloyat bolalar va o‘smirlar maktabida o‘tadi. U yerda sevimli mashg‘ulotim – sport gimnastikasi bilan shug‘ullanaman. Garchi sport gimnastikasi kuchli jismoniy tayyorgarlikni talab etsa-da, kishiga o‘zgacha zavq, shijoat beradi.


Batafsil..


Agar hayot boston bolsa...

"Agar hayot bo‘ston bo‘lsa, bog‘bon muallim" degan edi shoir. Men ham ustozlarimni qo‘li gul bog‘bonga qiyoslagim keladi. Garchi ikkisi ham oddiy bo‘lib ko‘rinsa-da, o‘ta mashaqqatli va sharafli kasblardan hisoblanadi. Bog‘bon niholni parvarishlab, ulkan daraxtga aylantirgani kabi ustozlar ham bizga bor mehrini berib, ta`lim-tarbiya beradi, odobli, ilmli insonlar qilib voyaga yetkazishadi. Va bu yo‘lda har qanday zahmatlarni boshdan kechirishadi. Shuning uchun ham ularning beminnat mehnatlariga hech qanday boylik teng kelolmaydi.


Batafsil..


Nomingiz nondek aziz
Ma’rifat gulshanining ziyokori o‘zingiz,
Misli gavhar-dur erur har bir dono so‘zingiz,
Shogirdlarga ibratdir sizning bosgan izingiz,
Nomingiz nondek aziz elga doston, muallim!

Batafsil..


Siz sarbonsiz ilm yolida
Beg‘ubor yoshlik yillari, mana,
Yangicha hayotning ostonasi bu.
Aql va ilmimiz qilar tantana,
Mustaqil kelajak darvozasi bu.

Batafsil..



 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10    | 
Pochta

Hamkorlar
http://gov.uz
http://aci.uz
http://uzedu.uz
http://ziyonet.uz
http://bitiruvchi.uzedu.uz
Xarita

 
  Copyright © 2016 MUDRM Ishlab chiqish Multimedia.Uz